Biz haqimizda

O'zbekiston o'zining tabiiy va foydali quruq mevalar bilan mashhur. Ularda barcha foydali vitaminlar va minerallar saqlanib qoladi. Tabiiy, hech qanday "kimyo" qo'shilmasdan quritilgan quruq mevalar asl hunarmandchilik shokoladi bilan qo'shilsa, haqiqiy lazzat hosil bo'ladi. 

"Iman" jamoasining asosiy maqsadi 100% tabiiy mahsulotlardan eng yuqori sifatdagi mahsulot yaratishdir. Birinchi navbatda, O'zbekistonda ajoyib shokolad ishlab chiqarish mumkinligini isbotlash, uni eksport qilish, chet ellarga, qarindosh-urug'larga yuborish va faxr bilan "Made in Uzbekistan" deb aytish mumkin bo'lgan shokolad yaratish. Eng muhimi, barcha ishlab chiqarish jarayoni sevgi bilan amalga oshirilgan. 

Shokolad - bu sevgingizni ifoda etish va yomon kayfiyatdan xalos bo'lishning eng yaxshi usuli. Xurmo, yong'oqlar va quruq mevalarning premium sifatli hunarmandchilik shokoladidagi ajoyib uyg'unligi, shubhasiz, hech kimni befarq qoldirmaydi va ajoyib taassurot bag'ishlaydi. 

Bizning shokoladimizni ishlab chiqarishda faqat tabiiy ingredientlardan foydalanamiz. Kompaniyamiz "Bean to bar" (donadan plitkacha) texnologiyasi bo'yicha ishlaydi. Shokoladni ishlab chiqarish texnologiyasida biz Kot-d'Ivuardan keltirilgan kakao donalari va kakao pastasidan foydalanamiz.

O'zbekiston tarixida birinchi marta 4 metrlik rekord shokolad tayyorlandi. Navruz bog'ining minglab tashrif buyuruvchilari bu jarayonni ko'rish va hatto tarixiy shokoladdan tatib ko'rish imkoniyatiga ega bo'ldilar

Asoschi bilаn suhbаt

Bizning yutuqlarimiz

2024 yilda Iman Chocolate & fruits "Yil brendi 2023" mukofotini qo'lga kiritdi, mehmonlarimiz va mijozlarimizning sevgisi va e'tirofiga sazovor bo'ldi.

YIL BRENDI 2023 mukofoti bilan o'tgan yil davomida O'zbekiston bozorida eng samarali marketing yutuqlariga erishgan eng muvaffaqiyatli brendlar taqdirlanadi.

«Qadrli iste'molchilarimiz tufayli biz yilning eng yaxshi brendi nomiga sazovor bo'ldik! Barchangizga rahmat!!»

Shokolad tarixi

Shokolad tarixining katta qismida shirin va nafis shirinlik emas, balki achchiq ichimlik sifatida iste'mol qilingan.

Shokolad tayyorlash jarayonining eng qadimgi tasvirlari arxeologlar tomonidan Amazonka yuqori oqimidagi mayya hindularining qadimiy keramika buyumlarida topilgan. Qadimgi mayyalar pishib yetilgan va yaxshilab qovurilgan kakao mevalarini mayda maydalab, pastaga aylantirgan, so‘ngra suv, vanil, chili qalampiri va ziravorlar qo‘shib, mazali ko‘pikli ichimlik tayyorlagan. Hindular shokolad energiyani oshiradi, afrodiziak xususiyatga ega va shifobaxsh ekaniga ishonishgan. U diniy marosimlarda keng qo‘llanilgan va arxeologlar uni ko‘pincha boy qabrlarning ichida topishgan. Badavlat mayyalar ko‘pikli shokolad ichimligini ichgan bo‘lsa, oddiy xalq uni bo‘tqaga o‘xshash sovuq taomga qo‘shib iste’mol qilgan.

Aztеk imperiyasi butun Amerikaga tarqalganida, aztеklar ham kakao donalarining qadriga yetishdi. Ular Mеksikaning qurg‘oqchil tog‘li hududlarida kakao yetishtira olmaganlari uchun uni mayyalardan sotib olishgan. Afsonaviy aztеk hukmdori Montеsuma ko‘pikli shokolad ichimligini shu qadar yaxshi ko‘rgan ekanki, rivoyatlarga ko‘ra, u kuniga ellik tagacha qadah ichgan

1520 yilda ispan rohiblari va istilochilari shokoladni Yevropaga olib kelishdi. Ispanlar achchiq ichimlikka shakar va dolchin qo‘sha boshladilar, bu esa uni tezda yuqori jamiyat orasida mashhur qildi. Vaqt o‘tishi bilan shokolad Yevropaning boshqa qirollik saroylariga ham tarqalib, aristokratlar orasida ommalashdi.

Shokolad 1828 yilgacha aristokratlar uchun ko‘pikli ichimlik bo‘lib qolgan edi. Aynan o‘sha yili golland kimyogari Konrad Yoxannes van Xauten kakao-press ixtiro qildi. Ushbu mexanizm qovurilgan kakao donalaridan yog‘ni siqib chiqarish imkonini berdi, natijada qolgan quruq massa kukun holiga keltirilib, boshqa ingredientlar bilan aralashtirilishi va shakllantirilishi mumkin bo‘ldi. Shu tariqa zamonaviy shokolad davri boshlandi va u butun dunyoda yanada ommabop hamda qulay shirinlikka aylandi.